Biznesingizni IT xizmatlari yordamida yengillashtiring!

Professional jamoamiz bunda sizga eng mukammal yechimlarni taklif qiladi!

Biz haqimizda

Kompaniya haqida batafsil

A1tech group 2009 yilda "ABIRTECH KIBER KOMPUTERS" MCHJ asosida tashkil etilgan. Asosan dasturiy ta'minot yaratish va ularni joriy etish bilan shug'ullanadi. Bundan tashqari, A1tech group o'tgan yillar davomida ko'plab veb saytlarni yaratdi. 2014 yilda jamiyat "MUSTAFO SOFTWARE" MCHJ nomidan faoliyat yuritmoqda. A1tech group shu qisqa vaqt davomida bir qancha dasturiy ta'minotlarni yaratdi va amaliyotga joriy qildi. "A1tech"-biz biznesingizni raqamli o'zgartirish uchun mo'ljallangan va uning o'sishi va rivojlanishiga hissa qo'shadigan IT platformalarini ishlab chiqmoqdamiz. A1tech jamoasi biznesingizni yangi cho'qqilarga olib chiqishingizga yordam beradi.

 

Yo'nalishlarimiz:

Biz quyidagi yo'nalishlarda har qanday turdagi dasturlar yaratish bilan shug'ullanamiz:

Veb-dasturlar
Mobil dasturlar
Komputer uchun dasturlar

Loyihalarimiz

Biz faxrlanadigan loyihalar.

Aqlli maktab loyihasi logosi

Aqlli maktab

Startup

Aqlli maktab - Maktablarda o'quv jarayonlarini avtomatlashtirish uchun xizmat qiladigan dastur! O’qituvchilar uchun elektron jurnal, o’quvchilar uchun elektron kundaliklar, o’quvchilar haqida umumiy ma’lumotlar, ularning salomatligi, o’quvchilar davomati haqida ma’lumotlar va ularning antropometrik ko'rsatkichlari nazorat qilib borish imkoniyatlari mavjud! Bundan tashqari, dastur - direktor, o'qituvchi, ota-ona va bola to'rtlikini oson muloqot qilishini ta'minlaydi.

Buyurtma berish
A1 Kafe loyihasi logosi

A1Kafe

Startup

A1 Kafe dasturida mijozlardan ofitsiantlar buyurtmalarni local set orqali qabul qilib olishi va qabul qilingan buyurtmalarni oshpazlarga (oshxonaga) shu vaqtning o’zida xabar berishlari hamda kafe egasi kafening har kungi kirim-chiqimlarini nazorat qilishi mumkin.

Buyurtma berish
A1Menu loyihasi logosi

A1Menu

Startup

A1Menu - bu onlayn menu platformasi bo'lib, bunda kafe va restoraningizdagi menularni elektron tarzda boshqarib borishingiz mumkin! Bunda menyuda ovqatlarni video orqali to'liqroq ko'rsatib berish, internet vebsaytingiz yordamida ovqatlaringizni reklama qilish imkoniyatlari ochiladi! Mijozlaringizni yangicha yondashuv, zamonaviy menyu bilan ta'minlang! Biznesingiz bunga loyiq!

Buyurtma berish
A1 Apteka loyihasi logosi

A1Medical

Startup

A1Medical - shifoxonalarda ish jarayonini avtomatlashtirishga yo'naltirilgan dastur. Dastur bir qancha mavjud muammolarni yechishda yordam beradi, navbatdagi muammolar, qog'ozbozlik, bir ishni qayta-qayta bajarish shifokorlarning vaqtini olishi - shular jumlasidandir. Yuqoridagi muammolarga yechim sifatida dastur elektron navbat, vrach navbatiga online yozilish, ma'lumotlarning zamonaviy bulut tizimlarida xavfsiz saqlanishi va ma'lumotlar bilan ishlashdagi qulaylik kabi o'zining bir qancha foydali modullarini taklif qiladi!

Buyurtma berish
A1Taxi loyihasi logosi

A1Taxi

Startup

A1taxi - dasturda biz telefon orqali, ko’chaga chiqmasdan uyda turib taxilarni buyurtma orqali chaqirishimiz mumkin. Bu dastur bizga yozning jazirama issiqlarda, qishning qahraton sovuqlarida va biron bir joyga shoshilayotgan paytimizda qulayliklarni yaratib beradi.

Buyurtma berish
A1Hotel loyihasi logosi

A1Hotel

Startup

A1Hotel Bu dastur online va offline ishlash imkoniyatiga ega. Mehmonxona ishini avtomatlashtrishga qaratilgan dastur hisoblanadi. Mehmonlarni ro’yxatga olish va ro’yxatdan chiqarish. Mehmonlarga qo’shimcha xizmat ko’rsatish, xonalarni bron qilish mumkin.

Buyurtma berish

Aloqa

Biz bilan aloqa.

Manzil:

Urganch shahar, Al-Xorazmiy ko'chasi, 108-uy

Telegram:

@msanatbek