Kompaniya haqida batafsil
A1tech group 2009 yilda "ABIRTECH KIBER KOMPUTERS" MCHJ asosida tashkil etilgan. Asosan dasturiy ta'minot yaratish va ularni joriy etish bilan shug'ullanadi. Bundan tashqari, A1tech group o'tgan yillar davomida ko'plab veb saytlarni yaratdi. 2014 yilda jamiyat "MUSTAFO SOFTWARE" MCHJ nomidan faoliyat yuritmoqda. A1tech group shu qisqa vaqt davomida bir qancha dasturiy ta'minotlarni yaratdi va amaliyotga joriy qildi. "A1tech"-biz biznesingizni raqamli o'zgartirish uchun mo'ljallangan va uning o'sishi va rivojlanishiga hissa qo'shadigan IT platformalarini ishlab chiqmoqdamiz. A1tech jamoasi biznesingizni yangi cho'qqilarga olib chiqishingizga yordam beradi.