2021 (arxiv)
2022 (arxiv)
2023 (arxiv)
2024...
Tanlovlar
Tanlov nomi:

A1TECH & UBTUIT Best 2021

A1TECH & UBTUIT Best 2022

A1TECH & UBTUIT Best 2023

Tanlov sanasi:

22.06.2021

24.05.2022

24.05.2023

Tanlov haqida ma'lumot:

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univeristetida dasturlash va kiberxavfsizlik yo'nalishi bo'yicha "A1TECH & UBTUIT Best 2022 musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda jami 38 nafar talaba va o'quvchilar ishtirok etdi. Dasturlash bo'yicha 1-o'rin 1-akademik litseyning 2- kurs talabasi Bekjanov Ro'zimboy 2-o'rin Yangiariq tumani 11-son IMI ning 10 -sinf o'quvchisi Sapayev Feruzbek 3-o'rin Yangiariq tumani 11-son IMI ning 9- sinf o'quvchisi Bobojonov Asadbeklar o'rin oldilar. Kiberxavfsizlik bo'yicha 1- o'rin Xiva shahar 6-IDUM 9-sinf o'quvchisi Sobirov Najmiddin 2-o'rin Filial 1- kurs talabasi Omonov Sardorbek 3-o'rin filial 1-kurs talabasi Xaytimetov Samandar lar g'olib deb topildi. G'oliblar diplom, sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar

Yoshlar oyligi doirasida 22 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi, TATU Urganch filiali, IT-Park, A1Tech Group, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda TATU Urganch filialida viloyat yoshlari o‘rtasida axborot texnologiyalari va dasturlash sohasida “Xakaton” tanlovi o’tkazildi. Tanlov taʻlim, tibbiyot, turizm, kommunal, logistika, xizmat ko’rsatish yo‘nalishlarida tashkil etildi. “Xakaton” tanlovida viloyatdagi oliy taʻlim muassasalari talabalari va boshqa yoshlar ishtirok etdilar. Tanlov davomida ishtirokchi yoshlar tegishli yo’nalishlarda mavjud muammolarni hal etish va sohalarni hamda ish jarayonlarini raqamlashtirishga oid loyihalarni taqdimot qildilar.

2023 - yilgi tanlovda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univeristetida dasturlash va kiberxavfsizlik yo'nalishi bo'yicha o'tgan yilgilarga nisbatan ancha ko'p ishtirokchi qatnashdi yani 500 ga yaqin maktab o'quvchilari ishtirok etishdi. Ikkinchi bosqichga shulardan 70 dan ortiq o'quvchilar ishtirok etishdi.G'oliblar diplom, sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.Bundan tashqari birinchi o'rin egalari uchun A1tech o'quv markazida istalgan yo'nalishida o'qish imkoniga sazavor bo'ldi.

Tanlov jarayonida olingan rasmlar: